» » Toshturma buzilib park bolsinmi, yo buzilmay muzey?

Toshturma buzilib park bolsinmi, yo buzilmay muzey?


Xalq orasida Toshturma nomi bilan tanilgan Yunusoboddagi qamoq zonasi buzilib, uning ornida yangi park zonasi quriladigan boldi. Nomini eshitsang, bir junjikasan ozi; adashib ham ichiga kirib qolishdan Ozi saqlasin! Lekin, toxtang-chi qamoqxona emas, muzey bolsa, ichiga bir kirib korarmidingiz (albatta, kirgan kuningiz qaytib chiqishingiz kafolatlanadi)? Odam ikkilanib qolarkan parklar kop, lekin ichiga bemalol kirib, otirib, song bemalol qaytib chiqish mumkin bolgan qamoqxona... yoq.

Bazan xabarlaru maqolalardan kora ularga bildirilayotgan fikrlarni oqish qiziqroq bilmagan kop narsalaringizni bilib olishingiz, boshqacha, boshqacharoq nuqtai nazarlar bilan ham tanishasiz. Bazi kommentlar ozgarmas deb oylagan qarashlaringizni ham ozgartirib yuborishi mumkin. Shunday qiziqarli kommentlar oqib qoldim. Toshturma haqida. Hech qanday jinoyat qilmagan odamlar Toshturmaga kirib chiqmoqchi. Buzilmay, muzeyga aylantirilsa. Kirish chiptasi falon ming som bolsa ham kirib chiqardim!, deyishyapti.

Togri, hamma ham buni xohlayotgani yoq. Toshturma ornida muzey yo shunga oxshash tanishtiruvchi-xotira muassasasi tashkil etilishiga qarshi chiqqanlar ham bor. Ular oz nuqtai nazarini bino devorlari sil tayoqchalariga tola ekanligi bilan asoslanib, uni tag-tugi bilan buzib, yer bilan bitta qilish kerakligini takidlagan. Yana bir guruh foydalanuvchilar qanchadan-qancha begunoh kishilar qiynoqqa tutilgan, oldirilgan joyda qanday qilib xotirjam sayr qilish mumkin?, degan savolni ortaga tashlagan. Shuningdek, u yerda siyosiy yoki boshqa mahbuslar emas, asosan oddiy, mayda jinoiy ishlarga aloqador shaxslar saqlangan bolsa, qanday ham muzey bolardi?, deguvchilar ham yoq emas.

Lekin qamoqxonaning park emas, muzeyga aylantirilishi tarafdorlari koproq. Ularning bir qismi ushbu jazo muassasasi 130 yillik tarixga ega ekani haqida yozgan bolsa-da, shahar hokimligi ixtiyoriga topshirilgan mashhur qamoqxona aslida Ikkinchi jahon urushi arafasida ish boshlagan. Toshturma istilohi esa ruscha (Toshkent qamoqxonasi) birikmasining qisqartmasidir. Muzeychilarning etiborga molik bazi fikrlari bilan quyida tanishing:

Bunday unikal obyektda yertolalarga uyushtiriladigan sayrlarni ham oz ichiga olgan sayyohlik majmuasini tashkil etgan yaxshiroq emasmi? Shaharda park zonalari kop va ularga sayyohlarni majburlab ham olib borolmaysan, biroq eski qamoqxonaga bir kirib korishni hamma ham xohlaydi.

Darhaqiqat! Amerikadagi osha Alkatras qamoqxonasiga har yili millionlab sayyohlar tashrif buyuradi. Bu ham tarix, ham arxitektura, ham bir subkultura qatlami. Bu yerda ekskursiyalar ham, tarbiyaviy suhbatlar ham otkazsa boladi. Boz ustiga, Qatagon qurbonlari xotirasi xiyoboni ham uncha uzoqmas. Lekin... hukumatdagilar hammasini hal qilib bolibdi.

Alkatrasdan tashqari Sankt-Peterburgdagi Trubetskiy bastioni qamoqxonasi ham yodimga tushdi. Butun boshli kompleksdagi eng kop tashrif buyuriladigan joy edi, vaholanki unga kirish chiptalari arzon emasdi... Parkni qamoqxona atrofida ham qurish mumkin, lekin odamlar guruh-guruh bolib tomosha qilgani keladigan joyni buzmay, qoldirgan maqul.

Osvensim (Gitlerchilarning Polshadagi 19401945-yillarda faoliyat korsatgan konslageri)ni ham muzey sifatida saqlab qolishgan. U yerda har yili millionlab sayyohlar boladi. Shu bois, Toshturmani saqlab qolish goyasini qollab-quvvatlayman.

Yoshlik qilib, Toshturmaning yertolasida 11 oy otirib chiqqanman buni dushmanimga ham ravo kormagan bolardim. Lekin muzey qilish mumkin, toki kelajak avlod avvallari odamlar qanday jazolanganini bilsin.

Tap-tayyor biznesni buzishning nima keragi bor? Qamoqxona binolarini buzish, hududni tozalash, park qurib, uni obodonlashtirishdan kora qamoqxonani boricha saqlab qolish togriroq. Ha, uyoq-buyogini baribir togrilash, qayergadir axborot stendlarini qoyib chiqish, suv-puv sotadigan rastachalar ornatish va ekskursiyalarni yolga qoyish kerak. Bu yerda xarajatdan kora daromad yuqoriroq bolishi aniq. Eng asosiysi, agar shunday togri bolsa, bu tarixiy yodgorlik! Qoshimchasiga, davlat ham maqtansa arziydi: Mana, eski qamoqxonalarimiz qanday edi, yangilari esa qanday yaxshi!, deb. Togrisi-da, ortiqcha bosh qotirishga na hojat?

Muzey tashkil etish taklifini toliq qollab-quvvatlayman. Ekskursiyalar uyushtirardik, ayniqsa yoshlar uchun foydali bolardi qonunni buzsa, qayerga tushib qolishini korardi. Parklar, xiyobonlar shundoq ham kop qurilyapti. Muzeyga aylantirilsa, bu qamoqxonaga borgisi keladiganlar kop topiladi.

Bu beqiyos bir tarixiy obyekt. Uni buzishning nima keragi bor? Muzey yoki shunga oxshash biror nima tashkil etish mumkin-ku. Menimcha, juda kopchilik eng mashhur qamoqxonani oz kozi bilan korishni istagan bolardi. Ekskursiyalar uyushtirish kerak. Muzeyga kirish pullik bolsin. Bu yerdan tushadigan pul shahar byudjetiga ortiqchalik qilmaydi.

Toshturmadan ozbekcha Alkatras qilsa boladi-ku! Bu inshootni buzib yuborsak, tarixni buzib yuborgan bolamiz. Muzey qilib ochilsa, birinchilardan bolib borgan bolardim. Balki: Bu kamerada falonchining eri, kuyovi, xotini otirgan, degan lavhachalarni ham korib qolarman.

Turistik salohiyati ulkan tarixiy binolarni saqlab qolish boyicha amaliy takliflar oddiy odamlar tomonidan bildirilayotgan bir vaqtda mahalliy tarixchilarimiz va olkashunoslarimiz nima bilan band ekan-a, qiziq?

Qamoqxonani muzeyga aylantirish ajoyib goya, yaxshi biznes boladi, ozim ham jon deb bunday muzeyga borgan bolardim. Turistlarga ham juda yoqadi bunaqa muzeylar. Faqat, iltimos, avtoturargohni ham oylashsin.

Aytmoqchi, bildirilgan fikrlar orasida etiborsiz qoldirib bolmaydigan yana biri bor: Nima qursalaring ham, eng avvalo, u yerda qiynalgan, olgan va begunoh jazolangan odamlar haqi uchun qurbonlik qilib, mulla chaqirib, Quron tilovat qilib yuborish kerak.

Mana shunaqa gaplar. Siz nima deysiz?



Manba: Daryo.uz
: admin (27-03-2018, 16:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -