» » O‘zbekistonda tijorat banklari bilan uzluksiz ishlaydigan valyuta almashtirish punktlarini tashkil etiladi

O‘zbekistonda tijorat banklari bilan uzluksiz ishlaydigan valyuta almashtirish punktlarini tashkil etiladi


Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi kengaytirilgan majlisida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi markaziy bank matbuot xizmati.

Ushbu qaror talablari asosida O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasiga banklar faoliyatini takomillashtirish va bank xizmatlarining ommabopligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklandi.

Ushbu kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda tijorat banklari ham faol ishtirok etishi talab etildi.

Joriy yilning 1-noyabriga qadar tijorat banklari bilan birgalikda uzluksiz rejimda ishlaydigan avtomatlashtirilgan valyuta almashtirish punktlarini tashkil etish choralari belgilab olindi.

Bundan tashqari, tijorat banklari rahbarlariga tijorat banklarining kassa va valyuta almashtirish bilan bog‘liq faoliyatini optimillashtirish choralarini ko‘rish tavsiya etildi.

Qaror talablaridan kelib chiqib, kredit tashkilotlarining har bir filialida muomala madaniyati, mijozlarga bo‘ladigan munosabatlar o‘zgarishi, bank xodimlarining aholi va tadbirkorlarga moliyaviy maslahatchi-ko‘makchi bo‘lish, davr talabiga mos zamonaviy chakana xizmat turlarini joriy qilish, kredit munosabatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishi lozimligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют