» » Toshkent bozorlaridagi bir martalik yig‘imlar miqdorlari o‘zgardi

Toshkent bozorlaridagi bir martalik yig‘imlar miqdorlari o‘zgardi


Toshkent shahar hokimining 16.03.2018-yildagi 435-son qarori bilan Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlari tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Nashr eslatishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy moliya va soliq organlari bilan kelishilgan holda ushbu miqdorlarni har yili tasdiqlaydi (26.04.2010-yildagi PQ–1326-son qarorga qarang).

Joriy yilgi raqamlar bilan quyidagi havolalar orqali kirib tanishish mumkin:

Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar miqdorlari;

“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MChJ tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan to‘lovlar va ijara to‘lovi miqdorlari;

“O‘rikzor savdo kompleksi” MChJ tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan to‘lovlar va ijara to‘lovi miqdorlari;

Bozorlar, savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning miqdorlari;

Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarining miqdorlari;

Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to‘lov miqdorlari.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.03.2018-yildan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 33) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют