» » Andijon shahrida “Jome” me’moriy majmuasi foydalanishga topshirildi (foto)

Andijon shahrida “Jome” me’moriy majmuasi foydalanishga topshirildi (foto)


Andijon shahrining eski shahar hududida “Jome” me’moriy majmuasi foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Andijonning eski shahar hududi keyingi yillarda yangicha qiyofa kasb etmoqda: Mustaqillik ko‘chasi barpo etildi, “Eski shahar dehqon bozori” zamonaviy ko‘rinishda qaytadan qurildi. Hududda keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Andijon tarixining ko‘zgusi hisoblangan “Jome” me’moriy majmuasi yurtdoshlarimiz va xorijdan tashrif buyuradigan sayyohlar uchun ziyorat qiladigan gavjum maskanlardan biriga aylanadi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi rekonstruksiya qilindi, viloyat amaliy san’at va badiiy hunarmandchilik markazi tashkil etilib, milliy ko‘rinishdagi suvenirlar, sovg‘alar sotiladigan 50 dan ortiq do‘kon qad rostladi. Majmuadan Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Andijon viloyati bo‘yicha davlat inspeksiyasi uchun ham bino ajratildi.

“Jome” me’moriy majmuasining qurilishi uchun 10 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют