» » Rossiyada uch yildan ortiq noqonuniy yashab kelayotgan migrantlarga amnistiya berish taklif qilinmoqda

Rossiyada uch yildan ortiq noqonuniy yashab kelayotgan migrantlarga amnistiya berish taklif qilinmoqda


Rossiya IIV huzuridagi jamoatchilik kengashi mamlakatda uch yildan ortiq vaqtdan beri noqonuniy yashagan xorijliklarni “amnistiya” qilishni taklif etmoqda. Bu haqda kengash raisi Anatoliy Kucherena ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik.

“Bugun Rossiya hududida qandaydir sabablar bilan mamlakatda yashayotganligini rasmiylashtira olmagan, uch yildan ortiq vaqtdan beri yashab kelayotgan fuqarolarga amnistiya qo‘llash tashabbusi bilan chiqdim”, — degan Kucherena.

Uning aytishicha, bunday qaror foyda keltiradi, zero “mazkur soha”da repressiv uslublar orqali tartib o‘rnatib bo‘lmaydi.

U agar mana shunday amnistiya qo‘llansa, odamlar ishlab topgan daromadlaridan soliq to‘lashlarini, bu esa ayniqsa, Rossiyada 10 yildan buyon yashab kelayotgan va oilasiga ega migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborgandan ko‘ra foydaliroq bo‘lishini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют