» » Pokiston va Afg‘oniston chegarasidagi to‘qnashuvda 7 nafar harbiy halok bo‘ldi

Pokiston va Afg‘oniston chegarasidagi to‘qnashuvda 7 nafar harbiy halok bo‘ldi


Pokiston va Afg‘oniston chegarasidagi to‘qnashuvda yetti nafar pokistonlik askar halok bo‘ldi, bir nafar afg‘onistonlik politsiyachi yaralandi, deb xabar beradi “Interfaks”.

To‘qnashuv Afg‘onistonning Paktiya provinsiyasidan 2,5 ming kilometr uzoqlikda joylashgan ikki davlat chegarasida yuz bergan.

Qayd etilishicha, to‘qnashuv bir necha kun avval Afg‘oniston hududiga Pokiston tomondan raketa uchirilganidan so‘ng avjiga chiqqan.

27-mart kuni Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligiga Pokistonning Kobuldagi elchisi chaqirilgan. Tashqi ishlar vazirligi Pokistondan respublika hududiga raketadan o‘q uzishni to‘xtatishni talab qilgan.

“Afg‘oniston hukumati va xalqi bunday xatti-harakatlarni qat’iy qoralaydi va ularni xalqaro standartlarni buzish deb hisoblaydi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют