» » Sirdaryoda 130 nafar mehmon ishtirok etgan to‘y “duv-duv” gap bo‘ldi

Sirdaryoda 130 nafar mehmon ishtirok etgan to‘y “duv-duv” gap bo‘ldi


“Mahalla” xayriya jamoat fondi Mirzacho‘l tuman bo‘limi raisi Quvondiq Abduqodirov to‘ylarni ixcham va kamchiqim qilib o‘tkazishni o‘z oilasidan boshlab berdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Tuman markazidagi Mustaqillik mahallasida 130 nafar mehmon ishtirokida o‘tgan to‘y ming kishilik to‘ylarga qaraganda ko‘proq “duv-duv” gap bo‘ldi: 

“Juda yaxshi ish qildi. Asl to‘y shunday bo‘ladi”. “O‘zi bu ishda ham rahbarlar, mas’ul xodimlar shaxsiy ibrat ko‘rsatishi kerak. Ana endi Quvondiq akaning to‘yni ixcham, kamchiqim o‘tkazish haqidagi talabiga hech kim e’tiroz bildira olmaydi”. “Ota-onasining gapini ikki qilmagan farzandlarga ham rahmat. Kelin-kuyovning do‘stlari ham to‘yni diskotekaga aylantirib yubormadi. Binoyiday tartibli o‘tdi”.

Ko‘pchilik shunday fikr bildirdi. Ammo “duv-duv” gaplar orasida “Birinchi kelini ekan, kattaroq qilsa ham bo‘lardi. Amaldorligi uchun qo‘rqqan bo‘lsa kerak-da” — deguvchilar ham topildi, albatta. 

Bu gaplardan qat’iy nazar, Quvondiq aka va u kishining turmush o‘rtog‘i, tuman poliklinikasi hamshirasi Ra’noxon opa, qudalar – Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidan Pardaboy aka To‘raboyev to‘yning chiroyli, mazmunli o‘tganidan mamnun. Albatta, bu mamnunlik farzandlarining baxti, kelin-kuyov – tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassisi Abdimurod, Xalq bankining Oqoltin tumani filiali xodimi Dildora ota-otalarining fikriga qo‘shilib, to‘yni ixcham o‘tkazishni ma’qullagani tufaylidir. 

– Dabdabali to‘ylar yoshlarning baxtli hayotini kafolatlamaydi, – deydi Ra’noxon Abduqodirova. – To‘ydan so‘ng yoshlarga uy-joy zarur. Shuning uchun farzandlarimizga namunali uylardan alohida turar joy olishida ko‘maklashishni niyat qilganmiz. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют