» » Shavkat Mirziyoyev: Afgonlar urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar (video)

Shavkat Mirziyoyev: Afgonlar urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar (video)


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afgoniston boyicha Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzusida otkazilgan xalqaro konferensiyadagi nutqi davomida Afgonistonning 40 yillik urush davrida voyaga yetgan xalqi boy berilgan avlod emas, balki urush va qiyinchiliklardan charchagan odamlar ekanini takidlab otdi.

Biz shu kunlarda bahor va yangilanish bayrami bolgan Navroz ayyomini keng nishonlamoqdamiz. Azal-azaldan bu faslda urush-janjallar toxtatilgan, odamlar eski gina-kuduratlarni unutib, bir-birini kechirgan va hatto eng murakkab, hal etib bolmaydigandek tuyulgan masalalar boyicha ham kelishib, hamjihatlikka erishgan.

Ishonchim komil, bugun biz ham davrimizning eng otkir mintaqaviy va global muammolaridan biri Afgonistondagi qarama-qarshilikni hal etishni amaliy ruhda muhokama qilib, birgalikda umumiy bir yechim ishlab chiqishga qodirmiz.

Ming afsuski, jafokash Afgoniston zaminidagi bu toqnashuv qariyb 40 yildan buyon davom etmoqda.

Malumki, urush olovi afgon xalqiga chetdan tiqishtirildi, bu uning tanlovi emas.

Ana shu yillar mobaynida yuz minglab tinch aholi urush qurboniga aylandi, millionlab insonlar oz uylarini tashlab ketishga va boshqa mamlakatlardan boshpana izlashga majbur boldi.

Bu mojaroga yangi-yangi kuchlarning jalb etilishi uning mislsiz darajada keskinlashib ketishiga olib keldi. Ushbu urush nafaqat Afgonistonning muammosi, balki tobora murakkablashib borayotgan xalqaro muammoga aylandi.

Afgonistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zoravonlik va qon tokishlar, narkobiznesning barham topmayotgani bularning barchasi bu mamlakatdagi vaziyatni jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yol qoyib bolmasligini korsatmoqda.

Eng yomoni, Afgonistondagi qurolli qarama-qarshilik va zoravonlik sharoitida butun bir avlod voyaga yetdi. Lekin bu, ayrim ekspertlar andishasizlarcha takidlayotganidek, boy berilgan avlod emas. Ular urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar, xolos. Ular ozaro nizolarga chek qoyib, tinch hayotga, oz mamlakatini taraqqiyot va farovonlikka olib boradigan bunyodkor mehnatga qaytishni xohlaydi va shunga intiladi.

Men qatiy aminman: afgon xalqida oz farzandlari va kelajak avlodlarning baxt-saodati yolida yangi, tinch hayotni boshlash va barpo etish uchun kuch-gayrat, donishmandlik, mardlik va matonat yetarli.

Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
: admin (28-03-2018, 20:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -