» » Janubiy Koreya jamg‘armasi O‘zbekistonga 500 mln dollar kredit ajratadi

Janubiy Koreya jamg‘armasi O‘zbekistonga 500 mln dollar kredit ajratadi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riojlantirish vazirligida Janubiy Koreyaning Iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi (Economic Development Cooperation Fund (EDCF)) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda jamg‘arma O‘zbekistonga yo‘naltiradigan 500 mln dollar miqdoridagi kredit mablag‘i evaziga amalga oshiriladigan yangi loyihalar muhokama qilindi.

Shunday loyihalardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida kovorking markazlarini tashkil qilish tashabbusidir. Bunday markazlarda muntazam ravishda sarmoyador va g‘oya egasi ishtirokida muhokamalar, shuningdek mashg‘ulot va seminarlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Uchrashuvda har ikki tomon AKT sohasida istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют