» » Qoraqalpog‘istonda sud zalidan ozod qilingan ayol mahallaga maslahatchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda sud zalidan ozod qilingan ayol mahallaga maslahatchi bo‘ldi


Ellikqal’a tumanida istiqomat qiluvchi Altinay Sag‘inbayeva (ism-sharifi o‘zgartirilgan) bir necha marta o‘g‘irlik qilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan bo‘lsa ham, bundan tegishli xulosa chiqarmadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

So‘nggi marta qishloqdoshlarining qimmatbaho narsalarini o‘g‘irlayotganida qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu ish jinoyat ishlari bo‘yicha Ellikqal’a tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, Altinay Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan aybdor deb topildi.

Eng qizig‘i — u Ellikqal’a tumani xotin-qizlar ko‘mitasi kafolat xati bilan sud zalidan ozod etilib, kelajakda huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik, fe’l-atvorini yaxshilash maqsadida o‘zi yashayotgan mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Tuman hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi u bilan bevosita shug‘ullanishga kafolat berdi.

— Bunday g‘amxo‘rligi uchun tuman xotin-qizlar ko‘mitasi raisiga minnatdorlik bildiraman, — deydi Altinay Sag‘inbayeva. — Kelajakda bundan tegishli xulosa chiqarib, hayotda o‘z o‘rnimni topishga harakat qilaman.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют