» » Ekspert: O‘zbekiston investorlarga “ochiq taklifnoma” yubormoqda

Ekspert: O‘zbekiston investorlarga “ochiq taklifnoma” yubormoqda


“Xalq so‘zi” gazetasida Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Xavfsizlikni ta’minlash va inqirozli vaziyatlarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro markaz direktori Alessandro Arduinoning maqolasi chop etildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan O‘zbekistonni 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari jamiyat hayotining barcha jabhasi chuqur o‘rganilgan va tahlil qilingan holda ishlab chiqilgan, mamlakatni yangilashning aniq strategiyasi sifatida gavdalanadi.

Dunyo iqtisodiyotidagi turg‘unlikka qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining faol sa’y-harakatlari 2017-yilda zarur natijalarni bera boshladi. Bu, ayniqsa, savdo balansi saldosi ko‘payishi hamda mamlakat iqtisodiyotining umumiy o‘sishida namoyon bo‘ldi.

Soliq imtiyozlari va preferensiyalari, shuningdek, barqaror soliq bazasiga ega bo‘lish maqsadida bozorni qat’iy soliq stavkalarini kamaytirish yo‘li bilan rag‘batlantirish mamlakat iqtisodiyotining muvozanatli rivojlanishiga xizmat qiladi. Xalqaro investorlar nuqtai nazaricha, O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada liberallashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalashga qaratilgan ko‘lamli islohotlar, shuningdek, valyutaning erkin konvertatsiyasi mamlakatdagi yangilanishlar davrida sarmoyadorlarni chorlaydigan o‘ziga xos “ochiq taklifnoma” hisoblanadi.

Masalan, Xitoyda Den Syaopin 1978-yildan “islohotlar hamda ochiqlik” siyosatini joriy qildi. Unga ko‘ra, maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning tamal toshi bo‘lishi lozim edi. Aynan maxsus iqtisodiy zonalar keyingi o‘ttiz yil davomida Xitoyda yalpi ichki mahsulotning ikki xonali raqamlarda o‘sishiga imkon berdi. Xuddi shunday, O‘zbekistonda tashkil qilingan maxsus sanoat va iqtisodiy zonalar ham o‘z samarasini bera boshladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning parlamentga Murojaatnomasi mustahkam davlatni malakali va iste’dodli kadrlarsiz barpo etish imkonsiz ekanligini yana bir karra tasdiqladi. Shu ma’noda, O‘zbekiston yoshlarining xalqaro assotsiatsiyasi tuzilishi mamlakat ravnaqida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki xorijda o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlab borayotgan yosh iqtidorli mutaxassislar chet el biznes tajribasini o‘zlashtirishda juda muhim rol o‘ynaydi. Shu o‘rinda yana bir misol: Xitoyda “100 iste’dod”, Yevropa ittifoqida “Erasmus” dasturlari e’lon qilingan.

Bugun innovatsion taraqqiyotning yuqori sur’atlari, masalan, axborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan sanoat talablariga javob beradigan iste’dodli va yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj nihoyatda katta.

Shavkat Mirziyoyev xalq bilan muloqot tamoyili davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini tubdan oshirishda asosiy o‘rin tutishini bot-bot ta’kidlab keladi. Bunday axborotlarning mamlakat aholisi va dunyo hamjamiyatiga yetkazilishi O‘zbekistonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishida har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishiga zamin yaratadi. Bu nihoyatda muhimdir.

Xalqaro maydondagi noaniqliklar, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy mojarolar, millatchilik unsurlari tobora namoyon bo‘layotgan bir sharoitda O‘zbekiston hukumati keng ko‘lamli rivojlanishga hamda iqtisodiy samaradorlikka erisha oldi. Buyuk Ipak yo‘lining qoq markazida joylashgan O‘zbekiston “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Binobarin, G‘arb-u Sharqni o‘zaro bog‘lagan Buyuk Ipak yo‘lining tarixiy taraqqiyoti chorrahasidagi mazkur mamlakat ilm-fan va siyosiy barqarorlik markazi ham bo‘lgan. O‘ylaymizki, Toshkent olib borayotgan siyosat zamirida ustuvorlik mavqeini tiklash maqsadi mujassam, desak, xato bo‘lmaydi.

Alessandro Arduino Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Xavfsizlikni ta’minlash va inqirozli vaziyatlarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro markaz direktori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют