» » Botir Parpiyev Xalqaro valyuta fondi vakillari bilan uchrashdi

Botir Parpiyev Xalqaro valyuta fondi vakillari bilan uchrashdi


2018-yil 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyevning Xalqaro valyuta fondi missiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, Xalqaro valyuta fondi tomonidan O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini har yili baholab borish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Shuningdek, budjet tizimiga qo‘shimcha tushumlarning kelib tushishini ta’minlash maqsadida soliq organlarini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish, ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar tarkibini yanada kengaytirish hisobiga soliq organlari shaffofligini oshirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga jarayonlarni avtomatlashtirish darajasini ko‘tarish hamda axborotni qayta ishlash va tayyorlashning alohida tartibotlari bo‘yicha maxsus bo‘linmalarni ajratish hisobiga (davlat soliq inspeksiyasining oddiy xodimlarining) funksional vazifalarning murakkabligini optimallashtirish va kamaytirish muhim ekanligi aytildi.

Ushbu yo‘nalishda qabul qilingan qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda respublika soliq ma’muriyatchiligini zamonaviy asosda yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha eng muhim yo‘nalishlar belgilab olindi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют