» » Mudofaa vazirligida “Turon” harbiy teatri ochildi (foto)

Mudofaa vazirligida “Turon” harbiy teatri ochildi (foto)


27-mart – Xalqaro teatr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida “Turon” teatr-studiyasi ish boshladi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Turon” teatr-studiyasining tantanali ochilish marosimi hamda ilk premyerasida “Jaloliddin Manguberdi” nomli spektakl namoyish etildi. Teatr ochilish marosimida respublikaning taniqli san’atkorlari, Mudofaa vazirligi mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Kelgusida teatr jamoasi tomonidan “Spitamen”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Bobur” kabi tarixiy asarlarni sahnalashtirish rejalashtirgan. Bundan tashqari Lev Tolstoyning “Hojimurod”, Said Ahmadning “Ufq” asari ustida izlanishlar olib borilmoqda.

Harbiy teatr-studiyada rejissor Sayfiddin Meliyev, taniqli aktrisalar Elmira Rahimjonova, Gulxumor Abdullayeva, Saida Rametova, Feruza Sobitova hamda Sulton Jaloliddin obrazini yaratgan Erkin Bozorov, shuningdek, iste’dodli va umidli ijodkorlar Jamila G‘ofurova, Nargiza Salmonova, Manuchehr Qalandarzoda, Husan Rashidovlar faoliyat yuritmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют