» » MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov: Sport maktablarida ota-onalardan pul yig‘ish masalasi — eng og‘riqli nuqtalarimizdan biri

MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov: Sport maktablarida ota-onalardan pul yig‘ish masalasi — eng og‘riqli nuqtalarimizdan biri


Kecha, 28-mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sportga oid farmon va qarori ijrosini jadallashtirish, samarali va sifatli ishlashi uchun amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish borasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov, vazirning birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimovlar ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, sportning ko‘plab turlarida O‘zbekiston terma jamoalari uchun xorijdan kuchli mutaxassislarni jalb qilish borasida ish boshlab yuborilgan. Jumladan, sportning eshkak eshish, yengil atletika, velosport, badiiy gimnastika, dzyudo, karate, og‘ir atletika, qilichbozlik, suzish, o‘q otish, taekvondo hamda tennis turlarida kuchli mutaxassislar nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumki, bu yil o‘zbekistonlik sportchilar Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi. Mazkur katta sport musobaqalariga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida MOQ va vazirlik xodimlari ishtirokida ikkita maxsus komissiya tashkil qilingan. Komissiya mazkur sport musobaqalarida ishtirok etadigan sportchilarni musobaqaga tayyorlaydi.

Bundan buyon Olimpiya zaxiralari kollejlarida o‘quvchilarni ovqat bilan ta’minlash, har bir sport turiga alohida ratsion belgilash masalasida boshqacha tizimda ish ko‘rib chiqilishi yig‘ilishda ma’lum qilindi. Avvalgi tizim esa o‘zini oqlamagani yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qayd etildi.

Umid Ahmadjonov bolalar va o‘smirlar sport maktablarida yosh sportchilarning ota-onalaridan pul yig‘ib olish holatlari haqida ham gapira turib shunday deydi:

Davlat bolalar va o‘smirlar sport maktablarida faoliyat olib borayotgan murabbiylarning maoshi uchun milliardlab pul ajratadi. Ular esa maoshdan tashqari yosh sportchilarning ota-onalaridan ham pul oladilar. Ushbu holat o‘z navbatida noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Bu borada aniq tizim ishlab chiqishimiz kerak. Bu bizning eng og‘riqli nuqtalarimizdan biridir.

Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti

BO‘SMlardagi ish tizimini yo‘lga qo‘yib olishimiz shart. Masalan, bir futbol internati bor. U yerda futbol maydonining holatini nazorat qilish uchun javobgar xodim yo‘q. Ammo u yerda maosh oladigan 50 nafarga yaqin murabbiy bor. Biz songa emas, sifatga e’tibor qaratishimiz lozim. Sport maktablari o‘rtasida o‘zaro musobaqalarni ko‘paytirishimiz lozim. Ular o‘rtasida raqobatni kuchaytiraylik. Ana shunda rivojlanish bo‘ladi. Poydevorni mustahkam qo‘yib olmasak, 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarida ham ishonch bilan ishtirok eta olmasligimiz mumkin.

Biz tatbiq etishni istayotgan tizimga asosan umumta’lim maktablari IBO‘SM va BO‘SMlarga, ular esa o‘z navbatida Olimpiya zaxira kollejlariga iqtidorli sportchilarni tayyorlab berishlari kerak.

Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют