» » Marg‘ilondagi Erkin Vohidov nomidagi yosh ijodkorlar maktabiga o‘quvchilar qabuli boshlandi

Marg‘ilondagi Erkin Vohidov nomidagi yosh ijodkorlar maktabiga o‘quvchilar qabuli boshlandi


Marg‘ilon shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida Shavkat Mirziyoyev tashrifidan so‘ng qad rostlagan Erkin Vohidov nomidagi yosh ijodkorlar maktabiga tanlov asosida o‘quvchilarni qabul qilish jarayoni boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Ermatov xabar berdi.

Badiiy ijod va xorijiy tillarni o‘rganishga iqtidori bo‘lgan 4–7-sinf o‘quvchilari tanlov o‘tkazuvchi maxsus komissiya tomonidan ijodiy sinov asosida bosqichma-bosqich saralab olinmoqda. Saralash imtihonlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi binosida 30-mart kuniga qadar o‘tkaziladi.

Erkin Vohidov nomidagi yosh ijodkorlar maktabi o‘zbek tili va adabiyoti hamda xorijiy tillarni chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan. Unda o‘quvchilar uchun chuqurlashtirilgan fanlardan qo‘shimcha darslar o‘tiladi, badiiy to‘garaklarda ularning iste’dodlari rivojlantirib boriladi. Maktabga qabul qilingan o‘quvchilar yotoqxona va issiq ovqat bilan ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют