» » Ekspert: Yuriy Gagarin halokatiga yerdan berilgan noto‘g‘ri buyruq sabab bo‘lgan

Ekspert: Yuriy Gagarin halokatiga yerdan berilgan noto‘g‘ri buyruq sabab bo‘lgan


Bundan 50 yil avval, 1968-yil 27-mart kuni birinchi fazogir Yuriy Gagarin halokatga uchrashiga yerdan berilgan noto‘g‘ri buyruq sabab bo‘lgan. Bu haqda halokat yuzasidan tuzilgan hukumat komissiyasi a’zosi Arseniy Mironov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Mironovga ko‘ra, Gagarin va Vladimir Seregin boshqaruvidagi MiG-15 halokatiga havo kemasini bulutlar orasidan to‘satdan payqalgan ikkinchi MiG-15 qiruvchisidan olib qochishga urinish sabab bo‘lgan. Parvozlar rahbari (yoki uning yordamchisi) esa manyovrga ruxsat berayotganda buni inobatga olishi va Gagaringa havo kemasini pasaytirmaslikka buyruq berishi lozim edi. 

Ilk bor ochiq koinotga chiqqan fazogir Aleksey Leonov 2017-yili “Inson va koinot” kitobida boshqa farazni ilgari surdi. Uning taxminicha, Mig-15 yonidan uchib o‘tgan Su-15 samolyoti girdobli iziga tushib qolgan. Leonov harakati Gagarin va Sereginning o‘limiga sabab bo‘lgan uchuvchining ism-sharifini aytmaslikka so‘z berganini bildirgandi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют