» » Adliya vazirligi propiska cheklovlarining bekor qilinmayotgani bo‘yicha tanqidga javob berdi

Adliya vazirligi propiska cheklovlarining bekor qilinmayotgani bo‘yicha tanqidga javob berdi


Bir muddat ilgari internetda “Propiska cheklovlarini bekor qilish muddati o‘tib ketdi, ammo bu mas’ullarning esidan chiqdi” mazmunida tarqatilgan maqola yuzasidan Adliya vazirligi tushuntirish berdi. Izoh vazirlikning Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida keltirildi.

2018-yil 20-martga belgilangan muddat Toshkent shahrida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yishning (hisobga olishning) soddalashtirilgan tartibini amalga kiritish uchun belgilangan muddat emas;

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 56-bandida belgilangan muddat (2018-yil 20-mart) — Toshkent shahrida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish uchun belgilangan muddatdir;

Toshkent shahrida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Davlat dasturiga kirgan biror tadbirning esdan chiqishi hatto nazariy jihatdan ham sodir bo‘lmaydigan hodisa. Chunki Davlat dasturiga kirgan har bir tadbir bo‘yicha tizimli nazorat olib boriladi. Muammoli hujjatlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasida har haftada ikki marta muhokama o‘tkaziladi.

Adliya vazirligi Toshkent shahrida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish bo‘yicha ishlar to‘xtab qolmaganini yana bir bor ta’kidlaydi.

Izoh yakunida vazirlik OAV va boshqa ma’lumot tarqatuvchi manbalarni noto‘g‘ri ma’lumotlar va fuqarolarni chalg‘itadigan xabarlar berishdan tiyilishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют