» » Besh nafar o‘zbekistonlik gipnoz yordamida Olmaotada 9 ming dollarni o‘marishda gumonlanmoqda

Besh nafar o‘zbekistonlik gipnoz yordamida Olmaotada 9 ming dollarni o‘marishda gumonlanmoqda


O‘zbekistonlik besh nafar fuqaro Olmaotada gipnoz yordamida nafaqaxo‘rlarning pulini o‘g‘irlashda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda shahar ichki ishlar bo‘limi matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar o‘z vatanlarida ilgari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

“Qog‘oz pullarni tekshirish va yangisiga almashtirib berish taklifi orqali ular qariyalarning to‘plab qo‘ygan pullarini olib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jinoiy guruhdagi ayollar bunda gipnozdan foydalanishgan: qariyalar o‘z jamg‘armalarini ularga qanday qilib berib yuborishganini zo‘rg‘a eslashgan”, — deyiladi xabarda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zida ular nafaqaxo‘rlarni bankkacha kuzatib borgan va bankdan jamg‘armalarini olishlarini kutib turgan.

“Ayni paytda ularning uch nafar pensionerga nisbatan firibgarlik ishlatishgani va 3 million tenge (9 ming dollarga yaqin)ni qo‘lga kiritishgani aniqlandi”, — dedi politsiya mahkamasi vakili.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют