» » Shavkat Mirziyoyev Obod qishloq dasturi togrisida farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev Obod qishloq dasturi togrisida farmonni imzoladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Obod qishloq dasturi togrisida farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujjatda aytilishicha, mamlakatning boy va qadimiy tarixidan malumki, ajdodlarimiz tomonidan mahallalarni obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish eng bebaho qadriyat va ananalardan hisoblanadi. Mazkur qadriyatlarni izchil davom ettirgan holda keng kolamli bunyodkorlik ishlarini barcha hududlarda amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun munosib sharoitlar yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish, eng asosiysi, yoshlarni xayrli ishlarga davat etish alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birgalikda, aholining 49 foizi yashaydigan qishloq joylarda salmoqli demografik, mehnat va iqtisodiy salohiyat jamlanishiga qaramasdan, ular uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilmagan, turmush darajasi va sifatini oshirishga yetarlicha etibor qaratilmagan. Jumladan, songgi yillarda paxta, galla va boshqa qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtirishda hissasi yuqori bolgan dehqon-fermerlarning va boshqa toifadagi aholining hayotiy-maishiy extiyojlari toliq taminlanmagan.

Bunday holat qishloq aholi punktlarini tubdan qayta yangilamasdan va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirmasdan, mamlakatni zamonaviy rivojlangan davlatga aylantirishga tosiq bolmoqda. Xususan, hududlarga tashriflar jarayonida joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, bevosita mahalla va xonadonlarga kirib borish hamda aholi bilan muloqot natijalari quyidagi tizimli muammolar mavjudligini korsatmoqda.

Shulardan kelib chiqqan holda:

- 1-apreldan boshlab respublikaning har bir tumani va shaharida, avvalambor, olis va tabiiy iqlim sharoiti ogir hududlarda 2018-yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy ozgarishlarni taminlashga, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish orinlarini yaratishga qaratilgan Obod qishloq dasturi (keyingi orinlarda dastur deb ataladi) amalga oshiriladi.

Dasturning ustuvor maqsadlari va xarajatlarning asosiy manbalari:

- respublika budjeti va davlat maqsadli jamgarmalaridan ajratiladigan mablaglar hisobiga aholini ishonchli tarzda ichimlik suvi bilan taminlash, sizot suvlar sathini pasaytirish, qishloqlarni tuman markazi bilan boglaydigan yollarni qurish, rekonstruksiya qilish va tamirlash, shuningdek, lizing asosida qishloq va tuman markazi orasida avtobus qatnovini yolga qoyish;

- mahalliy budjetlar mablaglari hisobidan qishloq ichki yollari va piyodalar yolaklarini barpo etish va tamirlash, yol boylarini obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish, sanitariya inshootlari va irrigatsiya tizimlarini barpo etish, transport toxtash bekatlarini qurish;

- xalqaro moliya institutlarining kreditlari hamda korxonalarning oz mablaglari hisobiga elektr taminotini yaxshilash, aloqa tizimini modernizatsiya qilish, aholiga suyultirilgan gaz va komir yoqilgisini uzluksiz yetkazib berish;

- ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan xizmatlarni tubdan yaxshilashga etibor qaratish, bunda bogcha, maktab va oilaviy poliklinikalarni qurish, rekonstruksiya qilish va tamirlash ishlarini amalga oshirish hamda tegishli xarajatlarning yarmini respublika byudjeti va maqsadli jamgarmalar hamda qolgan qismini mahalliy byudjet va mahalliy homiylar hisobidan moliyalashtirish;

- bozor infratuzilmasi obyektlarini va servis shoxobchalarini, jumladan, hammom va kichik bozor shoxobchalarini tadbirkorlarning oz mablaglari, tijorat banklarining kreditlari va xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan barpo etish;

- uy-joylarni tamirlashda xonadon egalariga amaliy yordam korsatish, avvalambor, qurilish materiallari bilan markazlashgan holda taminlash, bu jarayonda keng miqyosda hashar usullarini qollash hisobiga hovli va atrof hududlarni obodonlashtirish, ariqlarni tozalash, oqova suv xandaklarini barpo etish hamda muhtoj oilalar uchun homiylar va ish beruvchi korxonalar mablaglari hisobidan uy qurib berish (tamirlash) va boshqalar.

Quyidagilar Obod qishloq dasturida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

respublika budjeti va maqsadli jamgarmalar mablaglari;

mahalliy budjet va uning qoshimcha mablaglari;

tarmoq korxonalarining mablaglari;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning grant mablaglari;

Mahalla jamgarmasining va boshqa tashkilotlarning homiylik xayriyalari;

tashabbuskor tadbirkorlar mablaglari;

hasharlar va xayriya tadbirlarini otkazish hisobidan tushadigan mablaglar;

Ozbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgarmasi mablaglari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Obod qishloq dasturiga kiritilgan obyektlarni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan taminlash maqsadida metall prokati, sement, noruda materiallari, gisht, temir-beton mahsulotlari, eshik, deraza romlari, lok-boyoq, shifer va shu kabi boshqa asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun korxonalarga gaz va elektr energiyasi 2018-yil 1-maydan boshlab Oztransgaz AJ va Ozbekenergo AJ tomonidan aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib beriladi.

Farmonning ijrosini nazorat qilish bosh vazir A.N. Aripov va Prezidentning davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (29-03-2018, 21:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
:
-
:
20 ... -