» » Qashqadaryolik oila: Prezident uyimizda mehmon bo‘lgani bir umr yodimizda qoladi

Qashqadaryolik oila: Prezident uyimizda mehmon bo‘lgani bir umr yodimizda qoladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ovoz rejissori Alisher Ahmedovning uyida mehmon bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

“Bu oila a’zolarimiz uchun bir umr unutilmas voqeaga aylandi. O‘g‘lim Behruzbek Prezidentimizga atab she’r yozdi”, — dedi uy sohibi.

“Prezidentimizning 2016-yil 21-oktabrdagi ‘2017—2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida’gi qaroriga muvofiq Qarshi tumanidagi ‘Nukrobod’ qishloq fuqarolar yig‘inining Yakkayog‘och massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan arzon uy-joylardan biri bizga ham nasib etdi”, — dedi Alisher Ahmedov.

“Har tong derazalarni keng ochaman-da, atrofga razm solaman. Chetlari gulzor zamonaviy asfalt yo‘llar, yorqin rangdagi namunaviy uylar, yangidan barpo etilgan ta’lim maskanlari, ijtimoiy-madaniy ob’ektlar mahallamiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turganidan xursand bo‘laman. Xonalarga kirib, birma-bir ko‘z tashlayman. Zamonaviy ta’mirlangan yotoqxona, mebellar bilan jihozlangan shinam mehmonxona, o‘yinchoqlarga to‘la bolalarim xonasi, fayzli oshxona… Bunday qulayliklarga ega uy, ayniqsa, turmush o‘rtog‘imning ezgu orzusi edi. Endi bunday sharoitlar uning ro‘zg‘or yumushlarini yengillatib, farzandlarimiz tarbiyasiga ko‘proq vaqt ajratishiga imkon beradi”, — deya o‘z hislari bilan bo‘lishdi Ahmedov.

“Hayotimizdagi barcha o‘zgarishlar, saodatli damlar uchun Prezidentimizdan behad minnatdormiz. Ana shunday bag‘rikeng inson xalqimizga bosh ekaniga, har bir inson oliy qadriyat sifatida e’zozlanadigan, tinch, ozod va obod yurtda yashayotganimizga har qancha shukrona aytsak shuncha kam”, — deya minnatdorlik so‘zlarini izhor etdi u.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют