» » Shavkat Mirziyoyev: Uyi borning o‘yi yo‘q

Shavkat Mirziyoyev: Uyi borning o‘yi yo‘q


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga safari davomida 24-fevral kuni Qarshi tumanidagi “Nukrobod” qishloq fuqarolar yig‘inining Yakkayog‘och massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan arzon uy-joylarni borib ko‘rdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “2017—2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarmoqda.

Ushbu qarorga muvofiq Yakkayog‘och massivida yer uchastkasi 2 sotix bo‘lgan uch xonali uylar qurildi. Bu uylarning foydalanish maydoni 63,5 kvadrat metr bo‘lib, unda ikkita yotoqxona, mehmonxona, oshxona, yuvinish xonalari va qozonxona mavjud. Hovlisida xo‘jalik binolari qurilgan.

Ikki qavatli 16 xonadonli turar-joy binolari ikki va uch xonali qilib qurilgan. Uylarda yotoqxona, mehmonxona, oshxona va yuvinish xonalari hududning iqlim sharoiti, sanitariya va xavfsizlik talablari, xalqning milliy hayot tarziga oid barcha jihatlar hisobga olingan holda barpo etilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalarni ko‘zdan kechirdi

O‘z uy-joyiga ega bo‘lish har bir inson hayotida qanchalik muhim ekanini barchamiz yaxshi bilamiz, dedi O‘zbekiston Prezident. Xalq uyi borning o‘yi yo‘q, deb bekorga aytmagan. Buning chuqur ma’nosi bor. Bunday uy-joylar taqsimotida O‘zbekiston xalqiga xos haqiqat va adolat mezonlariga qat’iy rioya etilishi kerak.

Qurilish materiallarining tannarxini kamaytirish hisobiga uylarning narxini yanada arzonlashtirish, tashqi injenerlik tarmoqlari — ichimlik suvi, ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash, atroflarini obodonlashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev yangi uy sohiblaridan biri Alisher Ahmedov xonadonida bo‘lib, bu yerda yashash uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdi, dildan suhbatlashdi. Yosh oila a’zolari O‘zbekiston Prezidentiga e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Mirmiron massividagi yangilangan namunaviy loyihalar asosida qurilgan uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun issiqxona tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda yangi qurilayotgan obyektlar va ishlab chiqarish korxonalari loyihalari bilan tanishdi

Ushbu issiqxona 25 gektar maydonda metall, taxta, plyonka va boshqa mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan holda barpo etiladi. Bu yerda limon, mandarin va papayya kabi sitrus mevalar, pomidor, bodring, gulkaram, har xil ko‘katlar yetishtirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida issiqxonada yiliga 3 milliard so‘mlik mahsulot yetishtiriladi. Ularning bir qismi ichki bozor talablarini qondirsa, qolgani eksportga yo‘naltiriladi. Natijada aholi qish mavsumida ham arzon meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlanadi. 229 ish o‘rni yaratilishi aholi turmush farovonligining ortishiga xizmat qiladi.

Prezident bunday issiqxonalarni qurish va ulardan foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, ishga malakali mutaxassislar bilan birga kollej bitiruvchilarini ham keng jalb etish borasida zarur ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo safari davomida “MDH doirasidagi eng yirik mega-loyihalardan biri” bilan tanishdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют