» » Ozarbayjon telekanali O‘zbekiston haqida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlamoqda

Ozarbayjon telekanali O‘zbekiston haqida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlamoqda


“Ozod Ozarbayjon” telekanalining “Cho‘x gezen bilar” ko‘rsatuvi ijodiy guruhi O‘zbekiston haqida turkum sayohat shoularini suratga olmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita ko‘magida guruhning tashrif yo‘nalishlari ishlab chiqildi. Suratga olish yakunlari bo‘yicha ko‘rsatuvning Toshkent, Samarqand va Buxoro haqidagi uchta soni efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Boshlovchilar Toshkent teleminorasiga ko‘tarildi, Chorsu bozorida bo‘ldi, Xasti Imom majmui, Minor masjidini ziyorat qildi, Toshkent metrosiga tushdi. O‘zbek to‘yida mehmon bo‘lib, poytaxt mahallalaridan birida sumalak tayyorlash jarayoni guvohiga aylandi.

Suratga olish ishlari Samarqand va Buxoroda davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют