» » Ozarbayjonning “Hazar TV” telekanali ijodiy guruhi Samarqand haqida ko‘rsatuv tayyorlamoqda

Ozarbayjonning “Hazar TV” telekanali ijodiy guruhi Samarqand haqida ko‘rsatuv tayyorlamoqda


Ozarbayjonning “Hazar TV” telekanali orqali namoyish etiladigan “Sirdash” mashhur sayyohlik shousining navbatdagi soni Samarqand bo‘ylab sayohatga bag‘ishlanadi. Ijodiy guruh 19—26-mart kunlari O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi taklifiga binoan Samarqand shahrida bo‘ladi, deb xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.

O‘zbekistonga birinchi marta tashrif buyurgan “Sirdash” sayyohlik ko‘rsatuvining ozarbayjonlik jurnalistlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari bilan birga ishlamoqda.

Mehmonlar o‘z tashrifining birinchi kunida Samarqandda Navro‘z bayrami jarayonlarida ishtirok etishdi. Shuningdek, tur davomida ular Samarqand an’analari hamda me’moriy va etnografik yodgorliklarini o‘rganishadi.

Ozarbayjon televideniyesida Samarqandning turizm, madaniyat, an’analari va me’moriy yodgorliklarining yangi imkoniyatlariga doir hikoyalar o‘z navbatida mamlakatga keluvchi xorijiy sayyohlar sonining oshishiga sabab bo‘ladi. Ijodiy guruhning suratga olish ishlari bayram sayllari, milliy taomlar festivallari, bellashuvlarga boy umumxalq Navro‘z bayramiga to‘g‘ri kelgani ko‘rsatuvning navbatdagi sonini yanada qiziqarli qiladi.

“Hazar TV” telekanali delegatsiyasi boshlovchi Raxib Aliyarzade, rejissor Shaxbaz Rasulov, operator El’nur Abbasovlardan iborat.

Ma’lumot uchun: “Sirdash” ko‘rsatuvi har hafta efirga uzatib boriladi. Hozirgacha ko‘rsatuv ijodiy guruhi ko‘plab mamlakatlarda bo‘lib qaytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют