» » Toshkent shahridagi logistika markazida eksportchilar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi logistika markazida eksportchilar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan Highway Logistics Center MChJ transport-logistika markazining bojxona terminalida tadbirkorlik subyektlari, xususan eksport hamda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toshkent shahrida yil boshidan 20-martga qadar tovarlar eksporti 38,8 million dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich yilning birinchi choragida 40 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Tadbir davomida poytaxtda ro‘yxatdan o‘tgan eksportchi korxonalarning bojxona rasmiylashtiruvi bilan mavjud muammolari ishchi tartibda o‘rganilib, amaliy yechimi ta’minlandi.

O‘rganish jarayonida “Eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ularda mavjud muammo va takliflarga aniqlik kiritish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotlar varag‘i” shakllantirildi.

Unda korxonaning umumiy ma’lumoti, ishlab chiqariladigan mahsulot, shundan eksportga va ichki bozorga chiqarilgan mahsulotlar hajmi, ishlab chiqarish uchun import qilinadigan xomashyo, mavjud muammosi, bildirilgan takliflari va ular amalga oshirilganida erishiladigan eksport ko‘rsatkichlari istiqbollari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rin oldi.

Bevosita muloqot tarzida o‘tgan tadbir joriy yildan faoliyatini boshlagan zamonaviy logistika bojxona kompleksida “Ark-buloq” TIF bojxona postida bejizga o‘tkazilmaganligiga to‘xtalib o‘tildi. Xususan, mazkur postda avtotransport vositalarida eksportga yuborilayotgan barcha turdagi mahsulotlarni tez fursatda rasmiylashtirish tizimi yaratilgan.

Shuningdek, mazkur bojxona posti orqali eksport qilish uchun olib o‘tilayotgan tovarlar zamonaviy rentgen apparati orqali tez va qulay bojxona ko‘rigidan o‘tkazilib, qisqa fursatda bojxona rasmiylashtiruvi ishlari amalga oshiriladi hamda eksportga yo‘naltiriladi. Bir sutka mobaynida bojxona posti orqali o‘rtacha 50 ta avtotransport vositasini bojxona nazoratidan o‘tkazib, eksportga yo‘naltirish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan.

Yig‘ilishda eksportchi tashkilotlarning xom-ashyo tovarlariga bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar joriy qilish, sertifikatlash muddatlarini qisqartirish, bojxona rasmiylashtiruvini yanada soddalashtirish, kommunal to‘lovlar, bank kredit foizlarini pasaytirish kabi takliflari bildirildi.

Tadbirda bildirilgan fikr, taklif hamda mulohazalar inobatga olinib, ular tomonidan eksport hajmini kamida ikki barobarga oshirish hamda kelgusida korxonalarni eksport bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirishga qaratilgan takliflari yuqori mutasaddi vazirliklar va Toshkent shahar hokimligiga kiritilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют