» » “Sergeli” postida 800 mln so‘mlik bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlagan jamiyat vakillari to‘xtatib qolindi

“Sergeli” postida 800 mln so‘mlik bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlagan jamiyat vakillari to‘xtatib qolindi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari “Sergeli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida olib kirilgan tovar-moddiy boyliklar uchun davlat budjetiga undiriladigan bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida sodir etilgan navbatdagi nayrangni fosh etdi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma axborot xizmati xabar berdi.

Namangan viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan M.G MChJ vakillari ushbu jamiyat nomiga Janubiy Koreyadan yuborilgan umumiy qiymati 1 milliard 107 million so‘mlik 320 ming donadan ortiq bir martalik ustaralarni bojxona yuk deklaratsiyasida ustara uchun tig‘ sifatida qayd qilgani aniqlandi.

Ekspertiza jarayonida ma’lum bo‘lishicha, uddaburonlar bojxonachilar ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida ushbu tovarlarga tegishli yuk-kuzatuv hujjatlaridagi yozuvlarni ham o‘zgartirgan. Bu ham yetmaganidek, jamiyat surishtiruvlar davomida bojxonachilarga qalbaki litsenziyani taqdim qilgan.

Shu tariqa soxta tadbirkorlar mazkur tovarga tegishli haqiqiy tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kodlarini boshqasiga o‘zgartirish orqali davlat budjetiga aslida undirilishi lozim bo‘lgan taxminan 800 million so‘mlik bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlagan.

Jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 23:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют