» » Ozbekiston OTMlaridagi qoshimcha kontrakt: moliyaviy tafsilotlar aniqlashtirildi

Ozbekiston OTMlaridagi qoshimcha kontrakt: moliyaviy tafsilotlar aniqlashtirildi


Ozbekiston Oliy va orta maxsus talim vazirining buyrugi bilan Oliy va orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarida oqitishning tolov-kontrakt shakli va undan tushgan mablaglarni taqsimlash tartibi togrisidagi nizomga ozgartirish va qoshimchalar kiritildi, deb yozadi Norma.

Hujjat OTMlar va talabalar ortasidagi moliyaviy munosabatlar detallarini tartibga soladi.

Birinchidan, oshirilgan tolov-kontrakt miqdori oquv yili davomida ozgarmaydi. Taqqoslash uchun: agar oquv yili davomida ish haqi va stipendiyalar oshsa, oddiy miqdordagi tolov-kontrakt oshadi. U holda oquv yilining qolgan davri uchun qayta hisob-kitob qilinadi, farq esa 1 oy davomida tolab beriladi.

Ikkinchidan, stipendiya oshirilgan tolov-kontrakt boyicha oqishga qoshimcha ravishda qabul qilingan talabalarga ularga darslarga qatnashishga ruxsat berilgan oyning birinchi sanasidan ornatilgan tartibda belgilanadi.

Uchinchidan, oshirilgan tolov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinganlar birinchi kursning birinchi semestri davomida oquv intizomini va ichki tartibni buzganligi uchun talabalar safidan chetlashtirilganda ular tomonidan amalga oshirilgan tolovning 50 foizi qaytarib berilmaydi.

Ammo talaba oz xohishiga kora, boshqa oquv muassasasiga otishi, salomatligi, sud hukmi bilan ozodlikdan mahkum etilishi va boshqa sabablarga kora oqishdan chetlashtirilsa, qaytariladigan tolov miqdori oquv yilining oxiriga qadar qolgan oylar sonini tegishli oquv yiliga tasdiqlangan oqitishning oshirilgan tolov-kontrakt miqdorining on ikkidan bir qismiga kopaytirish orqali aniqlanadi va qaytarib beriladi.

Bundan tashqari, oquv yili davomida oqishga qabul qilingan yoki oqishi qayta tiklangan talabalarga stipendiya oquv yilining oxirigacha qolgan davr uchun tolanadi.

Eslatib otamiz, Prezident qarori bilanOzbekistonda 2017/2018-oquv yilidan boshlab oliy talim muassasalariga tolov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi boyicha qoshimcha qabulni amalga oshirish joriy etilgan edi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-03-2018, 09:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -