» » Leninning shifokorlari kundaliklarini maxfiy saqlash muddatining uzaytirilishi sababi ma’lum qilindi

Leninning shifokorlari kundaliklarini maxfiy saqlash muddatining uzaytirilishi sababi ma’lum qilindi


Rossiya federal arxiv agentligi (Rosarxiv) Vladimir Leninning navbatchi shifokorlari kundaliklarini maxfiy saqlash muddatining uzaytirilishini shifokorlik siri bilan izohladi, deb yozadi “Kommersant”.

Hujjatlar dohiyning o‘limidan keyin 75 yilga — 1999-yilgacha maxfiylashtirilgan edi, so‘ng muddat yana 25 yilga uzaytirildi. 30-mart, juma kuni sud geriatr shifokor Valeriy Novoselovning hujjatlardan maxfiylik grifini olib tashlash haqidagi da’vosini ko‘rib chiqadi. O‘tgan yili u kundaliklarni o‘rganib chiqish uchun olishga muvaffaq bo‘lgandi, maxfiylik muddati uzaytirilganidan esa u tasodifiy ravishda xabar topgan.

Rosarxiv “Kommersant”ning maxfiylik muddati uzaytirilishi sabablari haqidagi so‘roviga javoban, bunday iltimos bilan Leninning jiyani — ukasi Dmitriyning qizi Olga Ulyanova murojaat qilganini ma’lum qildi.

“Shifokorlik sirini saqlash prinsipidan kelib chiqib, Rosarxiv tegishli qonunchilikka muvofiq harakat qilib, uning V. I. Ulyanov (Lenin)ning kasalligi va davolanishi chog‘idagi hujjatlardan foydalanish imkoniyatini cheklash haqidagi so‘rovini qondirishni joiz deb topdi”, — deyiladi Rosarxivning javobida.

Kundaliklarning oshkor qilinishi, tadqiqotchilar ichida birinchi bo‘lib yozuvlarni o‘ib chiqqan geriatr shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Leninning o‘limi sababi haqidagi bahslarga nuqta qo‘yishi mumkin. Uning eslatishicha, ayni paytda ikkita versiya mavjud: insultlar ko‘rinishidagi klinik shakldagi bosh miya tomirlari aterosklerozi va miya sifilisi. Novoselovning aytishicha, kundaliklarda tashxis yo‘q, ammo bemorga qanday dorilar berilgani haqida eslatmalar bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют