» » Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” binosi qarashli bo‘lgan kompaniya bosh direktori qo‘lga olindi

Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” binosi qarashli bo‘lgan kompaniya bosh direktori qo‘lga olindi


Rossiya Tergov qo‘mitasi “Kemerovskiy konditerskiy kombinat” OAJ bosh direktori Yuliya Bogdanovani qo‘lga oldi. Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazi binosi ushbu kompaniyaga qarashlidir, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul Bogdanova bino yong‘inga qarshi xavfsizlik tizimi kamchiliklari haqida qo‘l ostidagilar tomonidan bir necha marta ogohlantirilgan.

Yaqin vaqt ichida, unga Rossiya JK 219-moddasi 3-bandida ko‘zda tutilgan (ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelgan yong‘in xavfsizligi talablarini buzish) jinoyat belgilari bo‘yicha ayblov e’lon qilinishi ta’kidlandi.

Avvalroq tergovchilar Kemerovodagi yong‘indan so‘ng mansabdorlarni so‘roq qila boshlaganligi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют