» » Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi 2-sonli ichki ishlar bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi 2-sonli ichki ishlar bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Jizzax shahar Ichki ishlar bo‘limi 2-son ichki ishlar bo‘linmasida bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zA.

Bo‘linma ikki qavatli binoda joylashgan bo‘lib, bu yerda “Zargarlik” mahalla fuqarolar yig‘ini, mahalla posboni, profilaktika inspektori xonalari o‘rin olgan.

Shavkat Mirziyoyev mahalla raisi va profilaktika inspektori bilan aholi farovonligini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahallada jinoyatchilikning oldini olish masalasida suhbatlashdi.

Prezidentga Ichki ishlar bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqilgan mobil dastur haqida ma’lumot berildi.

“Jizzax IIB” mobil dasturi aholi uchun bepul bo‘lib, fuqarolarning mobil telefoniga yuklanadi. Ushbu dastur orqali fuqarolar qidiruvda bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan shaxslar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi, profilaktika inspektori faoliyatiga oid ma’lumotlarni olishi mumkin.

Xodimlarga tezkor axborot yetkazish maqsadida viloyatdagi uyali aloqa kompaniyasi bilan hamkorlikda 2 mingda ortiq telefon raqami tarqatilgan. Mazkur qulaylik orqali tezkor axborot etkazish imkoni yaratilmoqda. Ya’ni, navbatchilik qismida mavjud bo‘lgan planshet orqali kunlik sodir bo‘lgan jinoyatlar, yo‘l-transport hodisalari, eslatma va yangiliklar xodimlarga tezkorlik bilan yetkaziladi.

Davlat rahbari tegishli mutasaddilarga ushbu tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют