» » “Bunyodkor” “Buxoro”ni mag‘lub etdi, ammo Sport-TV o‘yinni jonli translyatsiya qilmadi

“Bunyodkor” “Buxoro”ni mag‘lub etdi, ammo Sport-TV o‘yinni jonli translyatsiya qilmadi


O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Bunyodkor” “Buxoro”ni o‘z maydonida qabul qildi.

O‘yin 3:1 hisobida “Bunyodkor” foydasiga hal bo‘ldi. “Buxoro” birinchi bo‘lib hisobni ochganiga qaramay, o‘z darvozasidan 3 ta to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi.

Avvalroq uchrashuvning Sport-TV telekanali tomonidan jonli translyatsiya qilinishi aytilgan edi. Ammo o‘yin texnik nosozlik tufayli, yozib olingan holda soat 22:50 da efirga uzatiladigan bo‘ldi.

“Championat.asia”ning yozishicha, o‘yinning olib berilmaganiga sabab “Bunyodkor” stadioni yonida yangi ko‘prikning qurilish ishlari olib borilayotgan vaqtda yer ostidan o‘tgan optik tolali kabel simlariga shikast yetkazilgan. Bu kabellarsiz esa o‘yinni jonli ravishda efirga uzatib bo‘lmas ekan.

Ma’lumot uchun hozirgacha Superliganing barcha o‘yinlari Sport-TV tomonidan jonli efirda namoyish qilib kelinayotgandi.

Superliga

4-tur bellashuvi

30-mart, juma

Gollar: 0:1 — 37 Marko Klisura. 1:1 — 43 Javlon Ibrohimov. 2:1 — 72 Xurshid G‘iyosov. 3:1 — 90+1 Filip Rayevats.

“Bunyodkor”: 32. Suhrob Sultonov, 2. Rustam Ashurmatov, 4. Akrom Komilov, 6. Anvar G‘ofurov, 8. Javlon Ibrohimov, 9. Shahzodbek Nurmatov (99. Filip Rayevats, 65), 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo‘jayev (28. Davronbek Umirov, 80), 20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 30. Xurshid G‘iyosov, 44. Mirjamol Qosimov (3. Islomjon Qobilov, 88).

“Buxoro”: 30. Asilbek Omonov, 3. Bobur Omonov, 5. Marko Klisura, 7. Arslanmurot Omonov, 8. Salamat Quttiboyev, 9. Nozim Umurov (27. Rabbimjon Hasanov, 46), 10. Shavkat Salomov, 11. San’at Shixov, 14. Bahodir Nasimov (22. Shahboz Erkinov, 70), 16. Artyom Filiposyan, 86. Aziz Ibragimov (55. Rahmatullo Berdimurodov, 46).

Ogohlantirishlar: Nozim Umurov 5, Artyom Filiposyan 28, Akrom Komilov 37, Sardor Sobirxo‘jayev 58, Xurshid G‘iyosov 80.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют