» » Foto: Ashxoboddagi Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi

Foto: Ashxoboddagi Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi


Turkmanistonning Ashxobod shahrida Made in Uzbekistan milliy sanoat ko‘rgazmasi davom etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun Ashxobodga O‘zbekistondan 70 dan ortiq kompaniya va korxonalardan 250 nafar boshqaruvchi va mutaxassislar delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Ekspozitsiya maydonida O‘zbekistonning tog‘-kon, metallurgiya, neft va gaz, mashinasozlik, elektroenergetika, to‘qimachilik va kimyo sanoati, qurilish materiallari, maishiy texnika, oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korporatsiya va kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Shuningdek, ko‘rgazmada milliy avtomobilsozlik, turli sug‘urta xizmatlari yutuqlari hamda xalqimizning madaniyati, amaliy san’at va hunarmandligining o‘ziga xosligi va betakrorligi bilan tanishish mumkin.

Ko‘rgazmada “O‘zbekneftgaz”, “O‘zqurilishmateriallari”, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “O‘zkabel”, “O‘zkimyosanoat” kompaniyalari tomonidan yuqori sifatli mahsulotlar va yangi texnologiyalar taqdim etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют