» » Navoiyda oltin evaziga marixuana sotishga uringan uch erkak sudlandi

Navoiyda oltin evaziga marixuana sotishga uringan uch erkak sudlandi


Navoiy viloyatida sud oltin evaziga marixuana sotishga uringan uch erkakka nisbata hukm chiqardi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shohboz Dadashev, Meli Irisov va Anzur Nasriyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan, har qanday o‘xshashlik tasodifiy bo‘lishi mumkin) Toshkent viloyatida tug‘ilib o‘sgan, serfarzand oila boshliqlari. Ular ilgari ham jinoiy qilmishlari uchun bir necha bor ozodlikdan mahrum etilib, ayrimlari jazoni to‘liq, ba’zilari qisman o‘tagandan so‘ng, amnistiya aktiga asosan qamoqdan chiqarilgan edi. Ammo ular yana jinoyatga qo‘l urdi.

16-mayida bo‘lib o‘tgan Karmana tuman sudining ochiq majlisida ularga nisbatan hukm o‘qildi.

Gap shundaki, Sh. Dadashev sheriklari M. Irisov va A. Nasriyevlar bilan 2016-yilning sentabr oyidan 2017-yilning 21-yanvar kuniga qadar uchrashib yurib, ko‘p miqdordagi “marixuana” giyohvandlik vositasini topish, uni navoiylik mijozlariga qimmatbaho metall — oltin evaziga sotishni rejalashtirgan.

Sh. Dadashev ushbu “mahsulot”ni Navoiy shahriga yetkazish uchun poytaxtdagi avtobekatda ishlovchi Orzi Teshayevga “pochta” tariqasida bergan. U, o‘z navbatida, yukni viloyatga kirakashlik qiluvchi avtomashina haydovchisi Umrzoq G‘oyipovga uzatib, uni ma’lum bir haq evaziga mijozga yetkazishni tayinlagan. U. G‘oyipov Navoiyga kelib, talabgorning uyali telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, “pochta”ni olib ketishini aytgan. Shu paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Sud to‘plangan materiallarni o‘rganib chiqib, Sh. Dadashev, M. Irisov va A. Nasriyevlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini belgiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют