» » “Istiqlol” san’at saroyiga marixuana olib kirishga uringan erkak 1 yilga qamaldi

“Istiqlol” san’at saroyiga marixuana olib kirishga uringan erkak 1 yilga qamaldi


Farg‘ona shahridan Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyiga kelgan Ilhom Jabborovning yonidan ko‘p miqdordagi marixuana va gashish giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tumani sudida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

“Sudlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘lib, o‘zining iste’moli uchun sotib olgan giyohvandlik vositalarini yonida olib yurganini tan oldi. Sodir etilgan jinoyat guvohlarning ko‘rsatmalari bilan ham o‘z tasdig‘ini topdi”, — deydi jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi sudyasi Sarvar Oripov.

Sudlanuvchiga jazo tayinlashda uning aybini bo‘yniga olgani va chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganini jazoni yengillashtiruvchi holat, deb baholandi. Mazkur jinoyatni g‘arazli va boshqa past niyatlarda sodir etganini jazoni og‘irlashtiruvchi holat, deb baholandi. Jinoyatning xususiyati, ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi inobatga olinib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash zarurligiga e’tibor qaratildi.

Ilhom Jabborovga Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi “a” bandi bilan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, hukm shartli hisoblandi va 1 yil sinov muddati belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют