» » Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston Afg‘oniston va “Tolibon” o‘rtasidagi muzokaralar uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor (video)

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston Afg‘oniston va “Tolibon” o‘rtasidagi muzokaralar uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor (video)


Toshkent 26—27-mart kunlari Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyaga mezbonlik qildi. Konferensiyaning ikkinchi kunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq bilan tadbir ishtirokchilariga murojaat qildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Afg‘onlar — urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar (video)

O‘z nutqi davomida Prezident Afg‘oniston va “Tolibon” o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tashkil etish uchun O‘zbekiston tomoni barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Afg‘onistondagi nizolar g‘oyat murakkab va qarama-qarshi xususiyatga ega ekanini, ularga turli kuchlar jalb etilganini e’tiborga olgan holda, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyasidan kelib chiqib, keng qamrovli tinchlik jarayonini uchta o‘zaro bog‘liq darajada amalga oshirishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz.

Afg‘oniston mamlakati darajasida — markaziy hukumat va qurolli muxolifatning asosiy kuchlari, birinchi navbatda, “Tolibon” harakati o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni boshlashni ta’minlash zarur.

Tomonlarning bir-biriga nisbatan savollari va talabi bo‘lajak muzokaralarda muhokama qilinishi mumkin.

O‘z-o‘zidan ravshanki, Afg‘oniston ichidagi siyosiy jarayonlarni boshlashni endi orqaga surib bo‘lmaydi. Bu jarayonni cho‘zish yana ko‘plab begunoh odamlarning qurbon bo‘lishiga olib keladi.

Tinchlik jarayonining muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlash uchun afg‘onistonliklarning o‘zlariga tashabbus ko‘rsatish, muzokaralar qanday formatda, qachon va qayerda olib borilishi bo‘yicha tanlash imkonini berish kerak.

Bu o‘rinda gap, avvalo, qurolli muxolifat tomonidan ham, Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlari tomonidan ham jangovar harakatlar olib borishdan voz kechilishi va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga so‘zsiz rioya qilinishi haqida bormoqda.

Afg‘onistonning kelgusidagi tinch taraqqiyoti uchun umumiy mas’uliyatni his etgan hamda o‘zbek va afg‘on xalqining azaliy do‘stlik aloqalariga tayangan holda, biz O‘zbekiston hududida tinchlik jarayonlarining istalgan bosqichida Afg‘oniston va “Tolibon” harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tashkil etish uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz.

Muxolifat tinch muzokaralarda ishtirok etadigan va milliy kelishuvga erishilgan taqdirda Afg‘onistonning siyosiy hayotiga muxolifatning interatsiyalashuvi uchun barcha sharoitlarni yaratish zarur bo‘ladi.

Qurolli muxolifat vakillari, jumladan, toliblar ham afg‘on jamiyatining bir qismi va Afg‘oniston fuqarolari sifatida o‘z mamlakati kelajagini belgilash uchun ovoz berish huquqiga ega.

Bu borada mamlakatda parlament va prezidentlik saylovlarigacha bo‘lgan davrda afg‘onlar o‘rtasida o‘zaro muloqotni boshlash va shu tariqa jamiyatning barcha qatlamlari, jumladan, muxolifatdagi kuchlarga ham yangi Afg‘oniston davlatini qurishda to‘laqonli ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar yaratish g‘oyat muhimdir.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Xavf-xatarlarni “bu o‘zimizniki”, “bu birovniki” deb ajratishga haqqimiz yo‘q (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют