» » Bundan boshqa yol yoq!. Shavkat Mirziyoyev Afgoniston boyicha asosiy maqsad va vazifalarni sanadi (video)

Bundan boshqa yol yoq!. Shavkat Mirziyoyev Afgoniston boyicha asosiy maqsad va vazifalarni sanadi (video)


Toshkent 2627-mart kunlari Afgoniston boyicha Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzusida otkazilgan xalqaro konferensiyaga mezbonlik qildi. Konferensiyaning ikkinchi kunida Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq bilan tadbir ishtirokchilariga murojaat qildi.

Mavzuga doir:Shavkat Mirziyoyev: Xavf-xatarlarni bu ozimizniki, bu birovniki deb ajratishga haqqimiz yoq (video)

Nutq davomida Ozbekiston Davlat rahbari Afgonistonda tola tinchlikka erishish boyicha asosiy tort vazifani sanab otdi.

Bugungi kunda Afgonistondagi vaziyatni bartaraf etish boyicha kop qirrali va murakkab masalalar mintaqa va xalqaro miqyosda keng muhokama qilinmoqda.

Bu orinda Afgonistondagi harbiy-siyosiy inqirozni hal etish yollarini topish maqsadida tashkil etilgan Kobul jarayoni, Moskva formati, Xalqaro muloqot guruhi, Osiyo yuragi deb nomlangan Istanbul jarayoni, ShHTAfgoniston muloqot guruhi va boshqa kop tomonlama muhokama jarayonlari alohida diqqatga sazovordir.

Ozbekiston Kobul jarayoni doirasidagi ikkinchi majlis ishtirokchilarining Afgoniston hukumati bilan Tolibon harakatining oldindan shart qoymaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik asosida togridan-togri muzokaralar otkazishni boshlash haqidagi qarorini qollab-quvvatlaydi.

Ammo tinchlik sari harakatning eng asosiy sharti, bizningcha, avvalo mintaqa va global darajada kelishilgan, Afgoniston uchun yagona keng qamrovli tinchlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratdir.

Shundan kelib chiqqan holda, bizning birgalikdagi say-harakatlarimizning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat bolishi lozim:

birinchi afgon muammosini tinch yol bilan hal etishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish va ular boyicha keng va qatiy xalqaro konsensus murosaga erishish;

ikkinchi Afgoniston hukumati va qurolli muxolifat ortasida muzokaralarni boshlash mexanizmini ishlab chiqish;

uchinchi Afgonistonda milliy kelishuv jarayoniga xalqaro hamjamiyat tomonidan komak berish boyicha yol xaritasini ishlab chiqish.

Va nihoyat, barcha manfaatdor tashqi kuchlarning qurolli muxolifatdan Afgoniston hukumati bilan muzokaralar stoliga otirishini, qarama-qarshilik va zoravonlikka chek qoyishni qatiy va bir ovozdan talab qilishi beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Bundan boshqa yol yoq. Bizning fikrimizcha, bugungi uchrashuvimizning bosh goyasi shundan iborat.

Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Prezidenti

Mavzuga doir:Shavkat Mirziyoyev: Afgonlar urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar (video)



Manba: Daryo.uz
: admin (30-03-2018, 18:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -