» » Akkreditatsiya markazi “O‘zstandart”dan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ixtiyoriga o‘tkaziladi

Akkreditatsiya markazi “O‘zstandart”dan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ixtiyoriga o‘tkaziladi


O‘zbekiston Prezidentining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “O‘zbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi” davlat korxonasi negizida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida Akkreditatsiya markazi tashkil etiladi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Markaz muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ bo‘lib, u davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

Markazning faoliyat sohasi tovarlar va xizmatlarni baholash va sertifikatlashni amalga oshiruvchi barcha davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Markazning buyurtmalariga asosan unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga ruxsatnomalar, ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, shuningdek, ularning vaqtincha propiska qilinishi ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют