» » Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi tashkil etildi

Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi tashkil etildi


“O‘zbekiston Respublikasining davlat xaridlarini amalga oshirish, davlat dasturi doirasidagi hujjatlarni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha kompleks ekspertizaning samarali tizimini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Markaz Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida DUK shaklida faoliyat yuritadi. Markaz mintaqaviy filiallar tashkil etishga haqli.

Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qo‘yidagilar etib belgilandi:

Mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlariga kiritilayotgan loyihalar kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish, ularning amalga oshirilishini tahlil va monitoring qilish;

Rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish doirasida, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirish chog‘ida ishlab chiqiladigan loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlari, texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish;

Rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirish chog‘ida tuziladigan import kontraktlarini ekspertizadan va ro‘yxatdan o‘tkazish;

Resurslarning yagona milliy ma’lumotnomasini shakllantirish va yangilash.

Markaz faoliyati sohasi quyidagilarga tatbiq etiladi:

Barcha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari;

Ustav fondidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiqni tashkil etadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;

Ustav fondidagi ulushning 50 foiz va undan ortig‘i oldingi bandda ko‘rsatilgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;

Rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan barcha loyihalar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют