» » Ozarbayjon Kemerovodagi yong‘in oqibatida jabrlanganlarga salkam 2 tonna gumanitar yordam yubordi

Ozarbayjon Kemerovodagi yong‘in oqibatida jabrlanganlarga salkam 2 tonna gumanitar yordam yubordi


Ozarbayjon Kemerovodagi “Qishki olcha” savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida jabrlanganlarga 1,8 tonna gumanitar yordam taqdim etdi. Bu haqda Kemerovo viloyati ma’muriyatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Ozarbayjondan gumanitar yordam 30-mart kuni yetib keldi. Uni Haydar Aliyev (mamlakat sobiq prezidenti) nomidagi jamg‘armaning vakillari Ozarbayjon xalqi nomidan chuqur hamdardlik ramzi sifatida olib keldi. Gumanitar yordam jabrlanganlar va halok bo‘lganlar oilasiga taqdim etiladi”, — deya ma’lum qildi ma’muriyat.

Eslatib o‘tamiz, 25-mart kuni Kemerovodagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 64 kishi, shu jumladan, 41 nafar bola halok bo‘lgan, 69 kishi jabrlangan.

Mavzuga doir: Samarqand Darvoza va Mega Planet Kemerovo fojiasidan qanday xulosa chiqardi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют