» » Kemerovodagi yong‘inda gimnaziya o‘qituvchisi o‘nlab bolalarni qutqarib, o‘zi halok bo‘lgan

Kemerovodagi yong‘inda gimnaziya o‘qituvchisi o‘nlab bolalarni qutqarib, o‘zi halok bo‘lgan


Rossiyaning Kemerovo shahridagi 17-sonli gimnaziyada ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan Tatyana Darsaliya “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in qurbonlaridan biridir. U 28-mart kuni dafn etildi, deb yozadi “Exo Moskvi”.

24-mart, shanba kuni u maktabda bayram o‘tkazib, ertasi kuni dugonasi bilan qizlarini kinoga olib borgan. Yong‘in boshlangach, avval o‘zining qizini ko‘chaga olib chiqqan, so‘ng boshqa bolalarni qutqarish uchun qaytib kirgan. U o‘nlab bolalarning hayotlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan, ammo o‘zi halok bo‘lgan.

Kemerovodagi savdo markazda yong‘in 25-mart kuni boshlangandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 64 kishi, shu jumladan 41 nafar bola halok bo‘ldi, 69 kishi jabrlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют