» » Xitoy Aerokoinot fanlari va sanoati korporatsiyasi delegatsiyasi O‘zbekistonda muzokaralar olib bordi

Xitoy Aerokoinot fanlari va sanoati korporatsiyasi delegatsiyasi O‘zbekistonda muzokaralar olib bordi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Xitoy Aerokoinot fanlari va sanoati korporatsiyasi (CASIC) bosh direktori Li Yuye boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning “Xavfsiz shahar” loyihasi uchun zarur apparat va dasturiy ta’minot yaratish doirasida loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Mehmonlar mazkur xavfsizlik tizimini yaratish borasida Xitoyda tadbiq qilingan shaxsiy tajribalari xususida so‘zlab berdi.

CASIC Xitoydagi bosh milliy ilmiy-texnik sanoat vakili bo‘lib, milliy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha maqsadli dasturlarni ilgari suradi. Ikki yuzdan oshiq yo‘nalishda faoliyat olib boradigan bu tuzilma tizimidagi 600 dan ortiq tashkilot va korxonada 150 mingdan oshiq xodim xizmat qiladi. Ularning 70 foizi texnika va texnologiya sohasidagi mutaxassislar.

CASIC rahbari korporatsiya O‘zbekistondagi “Xavfsiz shahar” loyihasida ishtirok etishga qiziqish bildirgani va hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda mazkur loyihani amalga oshirish uchun xorijlik hamkorlarni aniqlash yuzasidan xalqaro kompaniyalar ishtirokida tender savdolari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют