» » Samarqanddagi qurilish maydoni yaqinida “mo‘jiza tufayli falokat ro‘y bermadi” (foto)

Samarqanddagi qurilish maydoni yaqinida “mo‘jiza tufayli falokat ro‘y bermadi” (foto)


Facebook’dagi “Samarqand va samarqandliklar” guruhida shaharning aeroport yo‘lidagi magistral ko‘chasida turar joy qurish jarayoniga taalluqli fotolar e’lon qilindi.

“Temir-beton to‘siq hech narsadan bexabar bolalar o‘ynayotgan uy yaqinida qulagan. Mo‘jiza tufayli falokat ro‘y bermadi. Bunga barpo etilayotgan turar joy quruvchilari javobgar”, — deyiladi Alish Nabiyev qoldirgan xabarda.

Tarmoqda ko‘pchilik foydalanuvchilar mazkur holatga munosabat bildirgan.

“E’tibor bering — kotlovan hozirda 5 kishidan iborat oila, jumladan, 2 nafar bola (ulardan biri nogiron) yashayotgan uyning shundoq ostida qazilmoqda. Na xavfsizlik texnikasiga rioya etilgan, na to‘siq bor. Savol tug‘iladi — bu binoni qurayotgan kishilar qanchalik professional?” deya taajjublanadi ulardan biri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют