» » Moskvada Forbes ro‘yxatiga kiritilgan rossiyalik milliarder Ziyovuddin Magomedov hibsga olindi

Moskvada Forbes ro‘yxatiga kiritilgan rossiyalik milliarder Ziyovuddin Magomedov hibsga olindi


Moskvaning Tver tuman sudi “Summa” guruhi egalari — Forbes ro‘yxatiga kiritilgan Ziyovuddin Magomedov, uning ukasi Magomed, shuningdek, biznesmen Artur Maksidovni 2 oyga hibsga oldi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Ular davlat budjetidan 2,5 milliard rubl o‘marish bo‘yicha jinoiy ish doirasida qo‘lga olindi.

Tergovchilar aka-uka Magomedovlarni uyushgan jinoiy guruh tashkilotlari sanamoqda. Ko‘rsatilgan summa esa xorijga olib chiqilgani va Magomedovga tegishli ofshor hisob-raqamlarida saqlanayotgani bildirilmoqda.

Ziyovuddin Magomedov taxmin qilinayotgan zarar miqdorini garov tariqasida taqdim etishni taklif qildi, biroq sudya gumonlanuvchining shaxsi va e’lon qilingan ayblovlar og‘irligini hisobga olib, milliarderni ozod qilishdan bosh tortdi.

Biznesmenlar ayblanayotgan moddalar 10 yil ozodlikdan mahrum etishga olib kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Ziyovuddin Magomedov 2017-yili Forbes jurnalining Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari ro‘yxatida 63-o‘rinda qayd etilgandi Uning mol-mulki 1,4 milliard dollar baholanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют