» » Bosh prokuratura huzuridagi departament delegatsiyasi Qirg‘iziston moliyaviy politsiyasi faoliyati bilan tanishdi

Bosh prokuratura huzuridagi departament delegatsiyasi Qirg‘iziston moliyaviy politsiyasi faoliyati bilan tanishdi


Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i A.Mavlonov rahbarligidagi delegatsiya Bishkekda bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Qirg‘iziston Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmatining (moliyaviy politsiya) iqtisodiy sohada davlat manfaatlarini ta’minlash, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi faoliyati bilan tanishdi.

O‘z navbatida, qirg‘iz tomoni O‘zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament faoliyati bilan batafsil tanishtirildi.

Tomonlar idoralararo hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdi. Xususan, faoliyatning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlarni tashkil etish, mavzuga doir tadqiqotlar o‘tkazish hamda o‘zaro manfaatli boshqa masalalar muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют