» » “Qozog‘iston go‘zali” 3 million tenge mukofot pulini nimaga sarflashini ma’lum qildi

“Qozog‘iston go‘zali” 3 million tenge mukofot pulini nimaga sarflashini ma’lum qildi


“Qozog‘iston go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘lib, 3 million tenge (taxminan 9400 dollar) mukofot pulini qo‘lga kiritgan 16 yoshli Alfiya Yersayin bu pullarni nimaga sarflashini aytdi, deb yozadi “Nur.kz”.

“G‘olib bo‘lganimdan judayam xursandman, bu men uchun katta sharaf. Hammaga, ota-onamga rahmat. 3 million tenge mukofot pulining bir qismini xayriyaga sarflamoqchiman, bir qismini ota-onamga yordam sifatida bermoqchiman”, — dedi Alfiya tanlovdan so‘ng.

Qiz o‘z millionlarining bir qismini xayriya jamg‘armasiga, shuningdek, qariyalar uyiga va bolalar uyiga beradi.

Pul mukofotidan tashqari, “Qozog‘iston go‘zali” cheksiz fitnes-abonement va dizaynerlik liboslarini qo‘lga kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют