» » Toliblar janglarda Afg‘oniston armiyasidan egallagan AQSh maxsus vositalaridan foydalanmoqda

Toliblar janglarda Afg‘oniston armiyasidan egallagan AQSh maxsus vositalaridan foydalanmoqda


AQSh Mudofaa vazirligi Afg‘oniston armiyasi va xavfsizlik kuchlarini tunda ko‘rish moslamalari va infraqizil lazer masofa o‘lchagich kabi maxsus vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashning maqsadga muvofiqligini o‘rganmoqda. Bundan ularning toliblar otryadlari bilan janglardagi imkoniyatlarini tenglashtirish maqsadi ko‘zlanmoqda. Bu haqda 1-aprel kuni The New York Times gazetasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Nashr manbalariga ko‘ra, “Tolibon” harakati o‘z jangarilarini Amerika tomonidan ishlab chiqilgan, afg‘on maxsus topshiriqli bo‘linmasidan o‘g‘irlangan yoki qora bozorda xarid qilingan maxsus vositalar bilan faol ta’minlamoqda.

Oqibatda 2014-yildan 2017-yilga qadar toliblar tungi hujumlarining soni ikki barobar oshgan, afg‘on xavfsizlik kuchlari va harbiy xizmatchilarining yo‘qotishlari — halok bo‘lgan va jarohat olganlar soni esa uch karra oshgan.

Avval Pentagon Afg‘oniston hukumat kuchlariga maxsus vositalarni cheklangan miqdorda yetkazib berar edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют