» » “Katta portlash nazariyasi”ning Bill Geyts ishtirokidagi epizodi chiqdi (video)

“Katta portlash nazariyasi”ning Bill Geyts ishtirokidagi epizodi chiqdi (video)


Bill Geyts “Katta portlash nazariyasi” serialining yangi epizodida o‘z-o‘zini ijro etdi, deb yozadi DailyAfisha.

Dunyoning eng boy insonlaridan biri va Microsoft kompaniyasi asoschilaridan birini shouning 11-mavsumi 18-epizodining 30 soniyalik parchasida ko‘rish mumkin.

Syujet bo‘yicha Penni (Keyli Kuokoning qahramoni) tadbirkorni ishda kutib oladi, shundan so‘ng uning do‘stlari u bilan tanishishga harakat qila boshlaydi. Kumiri bilan so‘zlashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan Leonard yig‘lay boshlaydi, bunga javoban Geyts unga ro‘molchasini taklif qiladi. “Balki quchoqlasharmiz?” — deb so‘raydi Leonard. “Ro‘molcha yaxshiroqdir?” — deb javob qaytaradi milliarder.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют