» » O‘zbekistonda “yashirin” iqtisodiyot qachon qisqaradi?

O‘zbekistonda “yashirin” iqtisodiyot qachon qisqaradi?


Ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy bank banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi. Shuningdek, ular tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring olib boradi, deb yozadi O‘zA. Shunday ekan O‘zbekistonda inflatsiya xavfining oldini olish, uni tartibga solish, pulni kafolatlashga doir huquqiy hujjatlarda Markaziy bankning o‘rni qanday?

Bu savolga ekspert, huquqshunos, iqtisodchi Adham Shodmonov oydinlik kiritdi:

– Bu kabi masalalar 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan tartibga solinadi.

Xususan, qonunning 3-moddasida markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, mamlakat rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo‘shgan holda, saqlash va tasarruf etish, davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishga mas’ul va vakolatli hisoblanadi.

Prezidentning 2017-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni korxonalar va fuqarolarga chet el valyutasi operatsiyalarini amalga oshirish uchun banklarda erkin sotib olishi va sotishiga kafolat yaratdi. Bunday tarixiy davrdan biz albatta o‘tishimiz kerak edi. Zero, korxonalar uchun bozor kursida chet el valyutasini sotib olish imkoniyatining yaratilishi “yashirin” iqtisodiyotning qisqarishiga va pul mablag‘larini tom ma’noda bank aylanmasiga jalb qilishga xizmat qiladi.

Biz shu paytgacha amaldagi tizim doirasida tadbirkorlik subyektlarining jiddiy biznes loyihalarini amalga oshirish, xorijlik hamkorlar bilan tengma-teng savdo faoliyatini boshlashda doimo nimadandir hayiqishini kuzatardik. Ularning “bir muchasi” butun emasdek edi. Endi esa mamlakat eksport salohiyatining oshirilishiga mustahkam zamin yaratildi, xorijlik ishbilarmonlarning bizga munosabati o‘zgarganligi va ishonchi naqadar ortganligini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘ryapmiz, O‘zbekistonda ishbilarmonlik va investitsiya muhiti sezilarli yaxshilandi.

Qolaversa, ayrim tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun alohida imtiyoz va preferensiyalar bekor qilinganligi bois, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida biznesni bir xilda teng yuritish imkoni batamom ochib berildi. Parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kurslariga barham berildi.

Savol: Ma’lumotlarga ko‘ra bundan 15—17 yil oldin Turkiyada pul qadrsizlanib, odamlar ko‘chada sumka to‘la pul olib yurgan... 

– Darhaqiqat, 2001-yil fevral oyida Turkiyada shunday holat yuz bergan. Biroq, bu holat jahon tarixida inflyatsiya emas, Turkiyaning qator banklari inqirozi deb tan olingan.

Birvarkayiga bir necha moliya muassasalari inqirozga yuz tutishiga sabab, o‘sha paytdagi jahon bozorlaridagi turli moliyaviy suiste’molliklar va qallobliklarning fosh etilishi tufayli jahon kapitallari (mulk, oltin zaxira, pul) miqyosida turk banklariga qarz berish shart-sharoitlari jiddiy qiyinlashtirilgan edi. Shu tariqa turk banklarining kasodga uchrashi milliy moliya tizimini ag‘dar-to‘ntar qilgan edi.

Turkiyadagi bunday beqarorlikning bir qancha sabablari bor edi. An’anaviy – qarzning oshib ketishi, valyuta bozoridagi turli kurslarning birvarakayiga muomalada bo‘lishi, bank tizimidagi muammolar, ya’ni mamlakatdagi byudjet taqchilligi shular sirasidandir. 2000-yil oxiriga kelib, byudjet taqchilligi 12 foizga yetib, inflatsiya 40 foiz, davlat qarzi esa YaIMning 53 foizini tashkil etgan edi.

Oqibatda turk banklariga nisbatan ishonch yo‘qolib, ularning xususiy kapitali darajasi va aktivlari miqdori pasayib ketgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, turk banklarining kapitali qo‘shib hisoblanganda, dunyoda eng yetakchi bo‘lgan istalgan bankning 20 foiziga ham yetmasdi.

Yana bir masala, bank xodimlarining kasbiy noloyiqligi va mijozlar imkoniyatini tahlil qilish malakasi yo‘qligi bois banklar zimmasiga olgan kreditlarning 17 foizini qaytara olmagan. Turk banklari asosan zudlik bilan daromad olishga va davlat g‘aznachilik “qarznoma”lariga bog‘lanib faoliyat yuritganligi ham ana shunday omillardan biridir.

Turkiya bunday vaziyatdan chiqish uchun yangi “regulyatorlar”larni (dunyo tajribasida asosan davlat tuzilmasi) ta’sis etib, davlat banklari majburiyatlarining salkam 25 foizini ularning zimmasiga yuklab qo‘ydi. Ko‘plab banklar tugatildi. Albatta bu jarayon “arzon-garovga” tushgani yo‘q, buning uchun Turkiya o‘z YaIMning salkam uchdan birini (50 milliard dollar ) inqirozdan chiqishga sarflashga majbur bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 122) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют