» » Rossiya FVV: Kemerovodagi savdo markazi signalizatsiyasi qo‘lda boshqarish rejimiga o‘tkazilgan edi

Rossiya FVV: Kemerovodagi savdo markazi signalizatsiyasi qo‘lda boshqarish rejimiga o‘tkazilgan edi


Rossiya FVV yong‘inni nazorat qilish bo‘yicha bosh inspektor Rinat Yenikeyev Kemerovodagi  “Zimnyaya vishnya” savdo markazida yong‘in yuz bergan paytda signalizatsiya qo‘lda boshqarish rejimida ishlaganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Fikrimizcha, signalizatsiya qo‘lda boshqarishga o‘tkazilgan bo‘lib, ‘yong‘in’ signali birinchi qavatdagi qo‘riqchining pultiga kelgan”, — dedi u.

Yenikeyev signalizatsiya avtomatik rejimda bo‘lgan taqdirda tutunni yo‘qotish tizimi shu zahoti ishga tushishi, liftlar birinchi qavatga tushishi, barcha eskalatorlar pastga harakatlanishi, evakuatsiya chiqish eshiklari blokdan chiqishi kerak bo‘lganligiga aniqlik kiritdi.

“Biroq signalizatsiya qo‘lda boshqarish rejimida bo‘lgan, shuning uchun qo‘riqchining o‘zi pultdagi xabar berish, lift va eskalatorlarni o‘chirish tugmalarini bosishi kerak edi. Biroq u bu harakatlarni amalga oshirmagan va yong‘in haqida FVVni ogohlantirmagan”, — deydi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 120) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют