» » “Qo‘lingdan kelmasa, urinma!”. IEG Uzbekistan ko‘rgazmasi haqida

“Qo‘lingdan kelmasa, urinma!”. IEG Uzbekistan ko‘rgazmasi haqida


Shu kunlarda O‘zbekistonning ko‘plab axborot resurslarida “O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida 6 ta ko‘rgazma bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu ko‘rgazmalar turli sohalarni o‘z ichiga oladi — metallurgiya, transport va logistika, texnologiya va tog‘-kon sanoati qurilmalari, mehnat muhofazasi va xavfsizligi, yong‘inga qarshi himoya, kimyo sanoati va plastmassa ishlab chiqarish va hokazo. “Novosti Uzbekistana” nashrining muxbiri mazkur ko‘rgazmani yoritish maqsadida “O‘zekspomarkaz”ga tashrif buyurdi va u yerdan olgan taassurotlari bilan bo‘lishdi.

OAVlarda keng yoritilgan mazkur ko‘rgazmalar juma kuni tushda deyarli bo‘m-bo‘sh bo‘lgan. Odatda bu kabi kunlarda mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida muloqot qizg‘in davom etayotgan bo‘lishi kerak edi. Biroq biror-bir stend yonida o‘zaro suhbatlashyotgan yoki o‘zi xohlagan natijaga erishib, hujjat imzolayotgan fuqaroga duch kelinmagan. Ko‘pchilik intervyu berishdan bosh tortgan, chunki ularning iste’molchilar bilan potentsial hamkorlik o‘rnatish borasidagi umidlari o‘zini oqlamagan.

Ikkinchi pavilyondagi stendlarning joylashuvi namoyish etiladigan mahsulotga mos kelmagan.

Tashkilotchilar tomonidan iqtisodiyot, metallurgiya, stanoksozlik, payvandlash kabi muhim sohalarga alohida e’tibor qaratilgani aytilgan bo‘lsada, ushbu sohalarga oid birorta ko‘zga ko‘rinarli narsa sezilmagan. Bu yerda Bekobod metallurgiya kombinati, OTMK, NTMKni, yoki endi kuchga to‘layotgan Toshkent truba zavodini uchratmaysiz. Xuddiki ular mamlakat sanoatida mavjud emasdek.

Stendlar o‘lchamining nomutanosbiligi va u yerda tasvirlangan mahsulotlarning ko‘rinishi hech bir iste’molchini o‘ziga torta olmaydi. Mutaxassis bu yerga eksponatning o‘zini ko‘rgani keladi, uning surati internetdan ham o‘zi ko‘rib olaveradi.

Bir so‘z bilan aytganda IEG Uzbekistan o‘zini oqlamadi. Donolar bu kabi vaziyatda “qo‘lingdan kelmasa, urinma” deyishadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют