» » Toshkentda uchinchi marta Xalqaro yoshlar sammiti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda uchinchi marta Xalqaro yoshlar sammiti bo‘lib o‘tdi


Toshkentdagi yoshlar ijod saroyida 29–31-mart kunlari uchinchi Xalqaro yoshlar sammiti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga sammit tashkilotchilari ma’lum qildi.

Sammit yoshlarning innovatsion va kreativ g‘oyalarini loyihalarda aks ettiradi. Uch kun davomida besh yo‘nalish bo‘yicha jamoalarga bo‘lingan holda loyihalar izchil ishlab chiqiladi va xalqaro darajadagi mutaxassislar tomonidan baholanadi. Ma’qullangan loyihalarning qo‘llab-quvvatlanishi, hayotga tatbiq etilishi, amalga oshirilishi jamiyat rivojiga hissa qo‘shibgina qolmay, iqtidorli yoshlarning kelajakka ishonchini yuksaltiradi.

Bu yil tashkilotchilar tomonidan sammitda ishtirok etish niyatidagi 1400 nafar yoshdan murojaatlar qabul qilindi. Ular orasidan 250 nafari (o‘ndan ortiq davlatlardan kelgan yoshlar) saralab olindi va faol yoshlar quyidagi yo‘nalishlarda o‘tadigan subkonferensiyalarda o‘z tashabbus va takliflarini muhokama qildi:

- axborot texnologiyalari;

- ekologiya;

- ijtimoiy rivojlanish;

- turizm (Nation Branding);

- arxitektura.

Yuqoridagi sohalar bo‘yicha 15 loyiha ishlab chiqildi. Tadbirkorlar Hasan Mamasaidov, Laziz Adhamov va xalqaro darajadagi ekspert Farhod Kadirov, Dilfuza Kurolova va Xudoynazar Qurbonovlardan tashkil topgan hakamlar ha’yati Markaziy Osiyo mintaqasida gastronomik turizmni samarali rivojlantirish tashabbusi ilgari surilgan Foodistan loyihasini g‘olib deb topdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют